Barcha qulayliklar ega bo‘lgan karantin – video

Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijdan kelgan fuqarolar uchun karantin zonasi qurilmoqda. Maxsus zonada fuqarolarni vaqtincha joylashtirish uchun barcha sharoitlar tashkil qilinmoqda.

Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda, 200 ta texnika jalb qilingan.

Karantin zonada fuqarolarni vaqtincha joylashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir boks 4 kishi yashashiga mo‘ljallangan. Blok karavot, stol, shkaf, hojatxona va dush, shuningdek, televizor va kondioner bilan jihozlangan. Fuqarolarga ovqat bir martalik idishlarda yetkazib berilmoqda.

Maxsus karantin haqida batafsil Sputnik lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0