Moskvada o‘rdaklar o‘tib olishi uchun katta prospektni to‘sib qo‘yishdi - video

Obuna bo‘lish
O‘rdaklar yo‘l osti yo‘lagidan o‘tishni istamagani sababli ko‘ngilli fuqarolar va "Rosgvardiya" xizmat avtomobili serqatnov yo‘lda harakatni to‘xtatib turishdi.

Moskvada o‘rdaklar oilasi yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun, ko‘ngilli fuqarolar va politsiya avtomobili katta Leninskiy prospektni to‘sib qo‘yishdi. 

Moskva hovlilaridan birida fuqarolar ikkita katta o‘rdak va bir necha o‘rdakchalardan iborat qushlar oilasini payqab qolishadi. Shundan so‘ng ko‘ngillilar ularni yaqin masofada joylashgan ko‘lgacha kuzatib qo‘yishga qaror qilishadi. 

Lekin qushlar yo‘l-harakati qoidalarini bilmagani sababli yo‘l osti yo‘lagidan o‘tishdan qat’iy bosh tortishadi. Shunda bir fuqarolar hamda Rosgvardiya xizmat avtomobili o‘rdaklar yo‘lini xavfsiz kesib o‘tishi uchun serqatnov yo‘lda avtomobillar harakatini to‘xtatib turishadi. O‘rdaklar va o‘rdakchalar ko‘l tomon yo‘l olishadi. 

Voqea qanday bo‘lganini videolavhamizda tomosha qiling. 

 

Yangiliklar lentasi
0