O‘zbekistonlik velosipedchilar hayotidan yorqin lahzalar - video

Obuna bo‘lish
Butun dunyoda 3-iyun - Velosipedlar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu ikki g‘ildirakli transport vositasi insoniyat hayotini qanchalik o‘zgartirib yuborganini anglash qiyin emas. 

Dunyoda millionlab kishilar uchun velosiped - kundalik transport vositasi bo‘lsa boshqalar uchun u sport uskunasi. Qiziquvchan velosipedchilar uning yordamida murakkab va yorqin truklar vamalga oshirsa, professional sportchilar velosipedda uzoq marafonlarni bosib o‘tishmoqda. Ushbu transport vositasini yaxshi ko‘ruvchilar uchun esa velosiped - shunchaki turmush tarziga aylangan. 

O‘zbekistonda ham ana shunday velosiped ishqibozlari juda ko‘p. Ular velosiped yordamida nafaqat shahar ko‘chalarini balkim, shahardan tashqarida va tog‘larda ham sayr qilishadi, mashqlar va truklar bajarishadi. 

Ma’lumki Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ham velosiped ishqibozi. Balkim shuning uchun kecha Turkmaniston poytaxtida velosiped haykali ochildi

Sputnik videolavhasida O‘zbekiston velojamoatining bugungi hayoti bilan tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0