TRANSLYaTSIYa YaKUNLANDI. Moskvadagi Qizil maydonda yubiley G‘alaba paradi

Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtining markazida 24-iyun kuni fashistik Germaniya ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda

Parad qo‘shinlarning barcha turlarining yurishi, harbiy texnikalar namoyishi va aviatsion qismdan iborat bo‘ladi.

Kechqurun soat 21.00 da Volgograddagi Mamayev qo‘rg‘onida Yuriy Bashmet, Denis Matsuyev, Igor Butman, Xibla Gerzmava, Ildar Abdrazakov va boshqa taniqli san’atkorlar ishtirokida katta konsert boshlanadi. Tadbir qayta tiklanganidan keyin ochilajak “Rodina-mat zovot!” (Ona Vatan chorlaydi – tahr.) Monumenti etagida bo‘lib o‘tadi.

Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Moskvadagi Lujneskaya sohilidagi bayramona salyut bilan yakunlanadi. Salyutlar soat 23.00 dan boshlab otila boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0