Rossiyaliklar Toshkentda qanday ovoz berdi

Obuna bo‘lish
Bugun mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha umumrossiya ovoz berishning oxirgi kuni. Ovoz berish uchun har qanday yoshdagi Rossiya fuqarolari dunyoning turli burchaklaridan kelishmoqda.

Shu jumladan, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ham o‘z eshiklarini ochdi.

Saylov uchastkasi ovoz berish uchun o‘z faoliyatini kechadan boshladi.

Ovozni quyidagi manzilda berish mumkin: Toshkent shahar, Nukus ko‘chasi, 83 uy.

Fuqaro yonida faqat amaldagi xorijiy yoki ichki Rossiya pasporti bo‘lishi kerak.

8297-sonli uchastka saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Ivan Fetisovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 500 dan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, shu paytgacha xech qanday hodisa qayd etilmadi. Shuningdek, saylov komissiyasiga fuqarolardan hech qanday shikoyat kelib tushmadi.

Uchastkaning eshiklari 20.00 gacha ochiq.

Toshkentda Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish qanday o‘tmoqda – videolavhada tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0