AQSh aholisi Baydenning saylovdagi g‘alabasini qanday nishonlamoqda – video

Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovlarda g‘olib bo‘lganini e’lon qildi. Amerikaning yetakchi OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, u g‘alaba uchun talab qilinadigan saylovchilar hay’atining (Electoral College) yetarlicha ovozini to‘plagan.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Hozirgacha ayrim shtatlarda ovozlarni hisoblash davom etmoqda.

Amerikaning yirik OAVlari hisob-kitobiga ko‘ra, Bayden saylovchilar hay’atining (Electoral College) 290 ta ovozini olgan. G‘alab qozonish uchun esa 270 ta ovoz yetarli. Tramp ularning 214 ovozini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Kandidat v vitse-prezidenti ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden razgovarivayet so storonnikami - Sputnik O‘zbekiston
Huquqshunos, demokrat va siyosatchi: Jo Baydenning AQSh prezidentligi sari bosgan yo‘li

Shuningdek, Bayden nomzodini yoqlab amerikaliklarning 75,1 millioni ovoz bergan, 70, 8 millioni esa amaldagi prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan.

Amerikada prezident saylovlarini natijasini oddiy saylovchilar emas, balki saylovchilar hay’ati (Electoral College) hal qiladi. Ular turli shtatlarning 538 nafar vakillaridan iborat.

Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Tramp mag‘lubiyatni tan olmasligini ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, saylovlardagi ovozlarni hisoblash o‘z yakuniga yetdi deb hisoblash mumkin emas. U saylovchilar ovozini hisoblash yuzasidan sudga murojaat qilish niyatini tasdiqlagan.

O‘z navbatida, xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenga saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘llashni boshlab yuborishgan. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg shular jumlasidan.

Yangiliklar lentasi
0