Antiterror: Rossiya va Tojikiston harbiylari birgalikda mashq o‘tkazishdi - video

Obuna bo‘lish
201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlari askarlari Lyaur poligonida navbatdagi mashq o‘tkazdilar. Mashqga 700 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq texnika jalb qilindi.

Motorli miltiqchilar shartli raqib kuchlarining hujumini muvaffaqiyatli qaytardi, "Orlan-10" pilotsiz uchar apparatlari ekipajlari havo razvedkasini olib borishdi va raqib joylashgan koordinatalarini qo‘mondonlik punktiga yetkazib berishdi.

Razvedka ma’lumotlari yordamida MI-24 vertolotlari va artilleriya raqibga zarba berib, hujumni to‘xtatishdi. Shundan so‘ng, rus va tojik harbiylari qarshi hujumni boshladilar va shartli raqibning kuchlarini o‘rab oldilar.

Yangiliklar lentasi
0