Qahraton ayoz: Moskvada Ostankino teleminorasi qor va muz bilan qoplandi

Obuna bo‘lish
Moskvada eng baland Ostankino teleminorasi sovuq ob-havoning kuchayishi tufayli qor va muz bilan qoplandi.
Telemarkaz matbuot xizmati bu televidenie ishiga ta’sir ko‘rsatmagani va efirlar uzilishlarsiz davom ettirilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Belarus.
Ta’kidlanishicha, minorani loyihalashtirish vaqtida shunga o‘xshash holatlar kuzatilishi inobatga olingan.
Rossiyada so‘nggi kunlarda ob-havo keskin sovib ketishi kuzatilmoqda, poytaxtda kuchli qor yog‘ib, harorat minus 20 darajagacha tushib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0