Charlie Hebdo Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni "qari alvasti” deb atadi

Obuna bo‘lish
O‘zining janjalli karikaturalari bilan mashhur Charlie Hebdo Britaniyaning YeIdan chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan referendum mavzusiga ham munosabat bildirishni unutmadi.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Fransiyaning hajviy nashri — Charlie Hebdo Britaniyada o‘tkazilgan referendum mavzusiga karikatura e’lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Nashrda e’lon qilingan karikaturalarning birida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tasvirlangan bo‘lib, surat tagiga “qari alvasti” deb yozib qo‘yilgan.

Yana bir karikaturada Buyuk Britaniya “xotini”- Yevropa Ittifoqidan voz kechib, “onasi” uyiga qaytgan er qiyofasida tasvirlangan. “Ona” tasvirida britaniyalik keksa kampir, ehtimol, qirolichaning o‘zi tasvirlanganini taxmin qilish mumkin.

Dinga qarshi siyosat olib boruvchi nashr o‘zining haqoratomuz karikaturalari “qahramonlari” sifatida katolik cherkovlar kardinallari, Rim papasi va davlat rahbarlarini tanlaydi. Ammo jurnalni dunyoga mashhur qilgan karikatura — bu Muhammad payg‘ambarning suratlari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Charlie Hebdo tahririyatiga o‘tgan yilning 7-yanvarida hujum uyushtirilgan edi. Qurollangan ikki jinoyatchi tahririyatga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q ochgan. Natijada 12 kishi halok bo‘lgan, jinoyatchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0