Taniqli ekstrasensdan shov-shuvli bashorat - "Bu mashhur o‘ladi"

Obuna bo‘lish
Ozarbayjonlik taniqli ekstrasens Ziraddin Rzayevning bashoratlari real hayotda o‘z tasdig‘ini topadi, ammo ularning aksariyati fojiaviydir

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Moskva shahrida yashovchi ozarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev Sputnik Ozarbayjon nashriga bergan intervyusida shov-shuvli bashoratlari haqida tilga olgan.

Nashrda e’lon qilingan qisqa intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz.

© Foto : ziraddin.ruOzarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev
Izvestniy azerbaydjanskiy ekstrasens Ziraddin Rzayev - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev

- Ziraddin, Vesti.az portalida e’lon qilingan intervyuingiz ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. "Angliya qora tumanda qolganini ko‘rapman, bu uch kun davom etadi" deb aytgansiz. Bu bilan nima demoqchi bo‘lgansiz?

— Ha, to‘g‘ri, men bu ma’lumot bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda bo‘lishganman. Bunga qadar esa o‘z bashoratimni ochiq aytishni istamagandim, bundan xavfsirardim. Ammo hozir haqiqatni aytishga tayyorman. Joriy yilda Buyuk Britaniya qirolichasi vafot etadi, mamlakatda motam e’lon qilinadi. Shu bilan, 2017-yil Angliya tarixida eng qayg‘uli yil bo‘ladi.

- Siz bunga aminmisiz?

— Bunga shubham yo‘q! Aks holda bu haqda gapirmagan bo‘lardim. Men oddiy odamman, ammo Alloh menga ro‘y beradigan hodisalarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini in’om etgan. Bu bashorat menga 2016-yilning 27-dekabrida ayon bo‘lgan va uni 2017-yilning 1-yanvarida e’lon qilganman. Axir bu haqda gapirish katta mas’uliyat talab etardi.

- Sizning bashoratlaringiz ko‘pincha fojiaviy xarakterga ega…

— Afsuski, shunday. Aytish mumkin-ki, men oqshomlari hotirjam uxlolmayman, tongga qadar yomon tushlar va fojialarni ko‘rib chiqaman. Meni hamisha qo‘rquv va havotirlar, shuningdek, arvohlar ta’qib qiladi. Ammo bularga qaramay, hamisha yaxshi kayfiyatni saqlab qolishga intilaman.

Nashr shu yerda intevyuni tugatgan va suhbatni to‘laligicha sal keyinroq e’lon qilish haqida aytib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0