Migrantlar "qo‘zg‘oloni": deportatsiya qilingan migrantlar maxsus xonada qulflanib olishdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDeport qilinishi kutilayotgan migrantlar
Deport qilinishi kutilayotgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, Rossiyadan deport qilinishi kutilayotgan migrantlarning biri chet el fuqarolari saqlanadigan Markazdagi xonalarning birida qulflanib olgan. U bilan birga yana 9 nafar migrant borligi xabar qilinmoqda

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Cverdlovsk viloyati prokuraturasi migrantlar tomonidan qoidalarga bo‘ysunmaslik holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva vaqti 10.00da deport qilinishi kutilayotgan migrantlarning biri 06.50da chet el fuqarolari saqlab turiladigan Markazdagi xonalarning birida qulflanib olgan.

Sverdlovsk viloyati prokurori yordamchisi Marina Kanatovaning so‘zlariga ko‘ra, xonada u bilan birga yana to‘qqiz nafar migrant bor.

Noqonuniy migrantlarni jo‘natish bo‘limi - Sputnik O‘zbekiston
Vladivostokda 50dan ortiq migrant deportatsiya qilindi
Sverdlovsk viloyati IIBB matbuot-xizmati rahbari Valeriy Gorelixga ko‘ra, politsiyachilar xonada qulflanib olganlarga Rossiya qonunchiligini tushuntirmoqda.

Gorelixning aytishicha, migrantlar politsiyachilardan ularni Rossiyadan deport qilmaslikni so‘rashmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi Ural okrugi qo‘shinlari matbuot-xizmati RIA Novostiga ushbu mojaroli hodisani hal qilishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ayni damda politsiyachilar migrantlar bilan muzokara olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0