Moskvada MDH mamlakatlari do‘stona armiyalari chempionati boshlandi

© Ministerstvo oboroni Rossiyskoy FederatsiiChempionata drujestvennix armiy gosudarstv-uchastnikov SNG
Chempionata drujestvennix armiy gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqalarda ilk bor ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Moskvadagi SSKA sport majmuasida Moskvada MDHning do‘stona  armiyalari orasida o‘tkaziladigan “Qo‘mondonlar startlari” (Komandirskie starti) musobaqasi boshlandi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Chempionatda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sport jamoalari ishtirok etmoqda.

“MDH Mudofaa vazirlari Kengashining Sport qo‘mitasi qaramog‘ida bo‘lib o‘tayotgan ushbu musobaqalar – nafaqat sport musobaqasi, balkim birodar Qurolli kuchlar orasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish,  ishonchni va o‘zaro tushunishni oshirishga qaratilgan”, — dedi Andrey Zikov, Rossiya Qurolli  kuchlarida Jismoniya tarbiya boshqarmasi rahbari.

Olti mamlakatdan kelgan sportchilarni mashhur gimnastikachi, SSKA sport klubi direktori o‘rinbosari, polkovnik Svetlana Xorkina ham tabrikladi.

Chempionat dasturiga ikkita jamoalar musobaqasi va to‘rtta shaxsiy musobaqalar kiritilgan: yengil atletika estafetasi, suzish, o‘q otish, gimnastika va yengil atletika. Sportchilar yoshiga qarab uch guruhga bo‘lingan. Musobaqalar 20-aprelga qadar davom etadi.

"Qo‘mondonlik startlari" musobaqasi Rossiyada 2013-yildan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 2015-yilda ushbu musobaqa MDH davlatlari orasida o‘tkaziladigan spartakiada o‘yinlari tarkibiga kirtilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0