Turkiya Markaziy banki AQShdagi oltin zaxiralarini qaytarib oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFlag Tursii
Flag Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga xorijdan jami 220 tonna oltin qaytarilgan

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Turkiya Markaziy banki 2017-yilda AQSh Federal zaxira tizimidan o‘zining 28,7 tonna oltin zaxirasini chiqarib oldi,  deb xabar berdi RIA Novosti.

Bank hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, 2016-yil oxirida Turkiya MBning AQSh Federal zaxira tizimidagi oltin zaxirasi 28,689 tonnani tashkil etgan, 2017-yil oxiriga kelib esa bu raqam bo‘sh bo‘lgan.

Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon Turkiyaga S-400larni xarid qilishni tavsiya etmaydi - Mettis

Milliyet gazetasining xabar berishicha, Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘anning “valyuta kursiga bosimdan qutulish va dollarga qarshi oltindan foydalanish” chaqirig‘iga javoban Turkiyaning yirik xususiy banklari ham xorijdagi oltin zaxiralarini qaytarib olgan. Halk Bankası xorijda saqlanayotgan 29 tonna oltin zaxirasini Turkiyaga qaytargan. Nashr manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga xorijdan jami 220 tonna oltin qaytarilgan.

Shuningdek, Ziraat Bankası va VakıfBank (mos ravishda 57 va 38 tonna) ham Buyuk Britaniyadagi oltin zaxiralarini qaytarib olish bo‘yicha ish boshlagan.

AQSh hukumati Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador deb hisoblanuvchi Suriyadagi kurd kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani bois Turkiya va AQSh munosabatlariga darz ketgan.

Shuningdek, o‘tgan yili martda AQShda hibsga olingan Turkiyaning Halkbank  banki bosh direktori o‘rinbosari Mexmet Xakan Atilla ustidan bo‘lib o‘tayotgan AQShdagi sud ham Vashington-Anqara munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. U ilgariroq AQShda qo‘lga olingan turk-fors biznesmeni Rezo Zarrab bilan hamkorlikda moliyaviy qonunchilikni buzganlikda ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0