AQSh Turkiyaga birinchi F-35 qiruvchi samolyotini topshirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishIstrebitel F-35
Istrebitel F-35 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Anqara AQShdan jami 100 dona qiruvchilarni qabul qilib oladi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi Turkiya HHK birinchi ko‘pnishonli F-35 qiruvchilarini topshirdi.

Su-35S – o‘ta chaqqon qiruvchi samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Su-35S – o‘ta chaqqon qiruvchi samolyot

Tantanali topshirish marosimi Texas shtatidagi Fort-Uert shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir YouTubeda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Endilikda ikkita zarba beruvchi samolyotlar Arizona shtatidagi Lyuk bazasiga yuboriladi, turk uchuvchilari o‘sha yerda tayyorgarlikdan o‘tishlari aytilmoqda.

Kelishuvlarga muvofiq, Anqara 100ga yaqin beshinchi avlod mashinalarini qo‘lga kiritishi mo‘ljallanmoqda.

Turkiya beshinchi avlod qiruvchilarini yaratishda yana sakkizta davlat bilan hamkorlik qilib keladi. Uning ushbu ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi 11 milliard dollarni tashkil etadi. Anqara shuning ichidan loyihaga 800 million dollarni kiritishga ulgurdi.

Yangiliklar lentasi
0