Xelsinkida Putin va Tramp uchrashuvi boshlandi

© REUTERS / Kevin LamarquePrezident SShA Donald Tramp i Prezident Rossii Vladimir Putin
Prezident SShA Donald Tramp i Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu AQSh va Rossiyaning amaldagi prezidentlarining ilk to‘liq formatdagi uchrashuvidir.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Xelsinkida Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi Finlyandiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Proyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

Bu Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk to‘liq formatdagi uchrashuvidir.

Ikki mamlakat rahbarlari savdodan tortib yadroviy mavzulargacha bo‘lgan masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.

AQSh prezidenti Xelsinkidagi uchrashuv ikki tomon o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishiga imkon berishiga umid qilmoqda.

Ikki prezident uchrashuviga yarim soat vaqt ajratilgan. Shundan so‘ng rejaga muvofiq muzokaralar kengaytirilgan tartibda o‘tkaziladi. Kelishuvlarga ko‘ra bu muzokaralarga 45 daqiqa vaqt ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0