Hindiston Rossiyaga harbiy MiG-21 samolyotlarini sovg‘a qiladi

© Sputnik / Vladimir PervensevIstrebitel MiG-21
Istrebitel MiG-21 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva buyurtmasiga ko‘ra Mudofaa vazirligiga 3 ta samolyot taqdim etiladi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Shu yil 4-5 oktabr kunlari Nyu-Deli shahrida o‘tkaziladigan Rossiya va Hindiston sammiti doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga MiG-21 samolyotlarini sovg‘a qiladi.

Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Rossiyadan S-400 raketa tizimini sotib olishga qaror qildi

Xabar aytilishicha, Moskva buyurtmasiga ko‘ra Mudofaa vazirligiga 3 ta samolyot beriladi. Ushbu sovg‘a hozirgi geosiyosiy sharoitda ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va keng strategik hamkorlik ramzidir.  

Avitsiya tarixida Mig-21 eng ommabop harbiy samolyot hisoblanadi. Bu samolyot sobiq ittifoqda 1959-1985 yillarda, shuningdek Chexoslovakiya, Hindiston va Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Umumiy hisobda 11,5 ming dona ushbu turdagi samolyot ishlab chiqarilgan. MiG-21 jahonning 50 ta davlat havo qurolli kuchlari foydalanadi.   

Yangiliklar lentasi
0