Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi?

© AP Photo / Jacquelyn MartinJamal Xashoggi
Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiyalik jurnalistning g‘oyib bo‘lishi oddiy tasodifmi yoki puxta o‘ylab amalga oshirilgan operatsiya? Shunday bo‘lsa, bundan kim yutib chiqadi?

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Mana bir necha kundirki, dunyoning yetakchi OAVlarida Saudiya Arabistoni fuqarosi, Washington Post jurnalisti - Jamol Xashoggining sirli ravishda g‘oyib bo‘lishi muhokama qilinmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh kotibi Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishidan havotirda

Turkiya rasmiy nashrlari xabariga ko‘ra, Jamol Xashoggi - 2-oktabr kuni Anqaradagi Saudiya Arabistoni konsulxonasiga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kirib ketgan va shundan keyin uni hech kim ko‘rmagan.

Konsulxonami yoki qassobxona?

Jurnalist ichkariga kirib ketganidan besh soat o‘tib, konsulxona vakili chiqib, Jamolni kutib o‘tirgan qaylig‘i Xatisga, kutish kerak emasligini, Xashoggi allaqachon konsulxonani tark etganini aytadi.

Shundan so‘ng, bir necha kun o‘tsa hamki, Xashoggi hech qayerda paydo bo‘lmaydi. Bu orada jurnalist diplomatik vakolatxonada o‘ldirilgani haqidagi xabarlar butun dunyoga tarqaladi.

© Hatice CengizDjamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi? - Sputnik O‘zbekiston
Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz

Turkiya TIV talabiga qaramay, Saudiya Arabistoni jurnalist konsulxonadan o‘z oyog‘i bilan chiqib ketgan, deyishdan nariga o‘tmadi. Biroq jurnalist chiqib ketganini dalillovchi videoni taqdim etmaydi.

Oradan bir necha kun o‘tib, ya’ni 13-oktabr kuni, Turkiya maxsus xizmatlari ularning ixtiyorida Xashoggi Saudiya Arabistoni konsulxonasida o‘ldirilgani haqida audio va video ma’lumotlar borligini e’lon qilishadi.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni yettinchi yil suriyaliklarga haj safarini ado etishga ruxsat bermayapti

Turkiya Hukumatiga qarashli "Sabah" gazetasi yozishicha, Xashoggi diplomatik vakolatxonaga kirishdan oldin, Iphone telefonini qaylig‘iga qoldirib, qo‘lidagi Apple soatini esa ovoz yozib olish rejimiga kiritgan, shundan so‘ng, "aqlli soat" u bilan sodir bo‘lgan voqealarni avtomatik ravishda yozib olib, jurnalistning qo‘l telefoniga yuklab borgani haqida xabar bergan.

"Natijada, jurnalistni so‘roqqa tutish, qiynoqqa solish va o‘ldirish aks etgan audioyozuv dastlab Iphonyega, so‘ngra esa ICloud xizmatiga joylashtiriladi. Saudiya razvedka xizmati vakillari jurnalist qo‘lidagi soatni ko‘rib qolishadi va yozuvlarni o‘chirib tashlashga harakat qilishadi, lekin ba’zi yozuvlar saqlanib qoladi. Ularni o‘rganish natijasida konsulxonada qotillik yuz bergani ma’lum bo‘lgan",  - deb yozadi "Sabah" Turkiya maxsus xizmatlariga asosan.

Shuningdek, Turkiya maxsus xizmatlari aynan shu kuni Saudiya Arabistonidan 12 kishi xususiy samolyotda Anqaraga uchib kelganini va ular bir necha soat konsulxonada bo‘lganidan so‘ng, qaytib uchib ketishgani to‘g‘risida video-yozuvlarni taqdim etishgan. Turkiya maxsus xizmatlari gumoniga ko‘ra, aynan shu kishilar jurnalistni o‘ldirib, uning tanasini bo‘laklab, jomadonlarda elchixonadan olib chiqib ketishgan...

Xo‘sh, Jamol Xashoggi o‘zim kim bo‘lgan? 

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida diniy mavzuda hazillar uchun qamalish mumkin

Xashoggi ishlagan Washington Post yozishiga ko‘ra, Jamol o‘z vatanini sevgan fuqaro bo‘lgan. U uzoq yillar davomida Saudiya Arabistonida jurnalist bo‘lib ishlagan. Oldin u bo‘lajak qirol Muhammadning siyosatini maqtab gapirgan. Xususan, Muhammadning ayollarga avtomobil boshqarish huquqini berishi va boshqa yangi qonunlarni. 

Ijobiy yangiliklar kiritish bilan bir vaqtda Saudiya yangi qiroli uning fikridan boshqacha fikr yuritadigan, uni zarracha bo‘lsa ham tanqid qiladigan yetakchilarni keskin jazolagan. Xashoggi ham oxirgi vaqtlarda tez-tez Saudiya rahbariyati xatolarini tanqid qilib turgan. 

Nashr xabariga ko‘ra, Saudiya rahbariyati bir necha bor turli yo‘llar bilan Xashoggini o‘z vataniga qaytarishga uringan. Unga turli yuqori lavozimlar va katta imtiyozlar va’da berishgan bo‘lsada, u rozi bo‘lmagan, chunki u Saudiya rahbarlari va’dalariga ishonmagan.

Anqaradagi konsulxonaga borishga uni oddiy rasmiyatchilik majbur qilgan. Saudiya fuqarosi sifatida u o‘z mamlakati davlat organidan nikoh ajrimi haqidagi qog‘ozni olishi kerak bo‘lgan...  

Saudiya Arabistoni 

Ar-Riyod shahri, Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida shahzoda qotillik uchun qatl qilindi

Shu vaqtga qadar Saudiya Arabistonida bugungi kunda ham amal qilayotgan o‘rta asrlarga xos jazo uslublari, masalan, qilich bilan boshni ta’nasidan judo qilish, ommaviy qatllar bo‘lgani haqida ma’lum edi.

Lekin, diplomatik vakolatxonada jurnalistning o‘ldirilishi – ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqea bo‘ldi. Bundan demokratiya normalari va inson huquqlarini mutlaq tan olmaslik, shafqatsizlik va hatto, biroz yovvoyilik sezilib turibdi, desak xato bo‘lmas.

Ushbu mudhish voqea o‘z tasdig‘ini topsa – Saudiya Arabistoni barcha demokratiya normalarini va inson huquqlarini poymol qilgan, "Shimoliy Koreyadan ham battar davlatga" aylanadi, deb yozgan Turkiyaning yana bir gazetasi.  

Turkiya

Turkiya hukumati o‘z hududida diplomatik vakolatxonada odam o‘ldirilishiga o‘ta keskin munosabat bildirib, ushbu voqeani qisman matbuotda e’lon qildi va Saudiya Arabistonidan taftish o‘tkazishni talab qildi. Ikki mamlakat vakillaridan iborat qo‘shma komissiya tergov-taftish amaliyotlarini, bugun, 15-oktabr kuni boshlashdi.

Saudovskaya jenshina za rulem - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida ayollarga mashina boshqarishga ruxsat berildi

Shu bugunga qadar Rossiyadan S-400 sotib  olgan Turkiyaga keskin munosabat bildirib kelayotgan AQSh ushbu voqeadan so‘ng birdan o‘zgarib qoldi. Ularning baxtiga Turkiya qamoqxonasida saqlanayotgan nasroniy ruhoniy Branson ham ozodlikka chiqarildi.

Shundan so‘ng, Donald Tramp "Biz (Branson ozod qilinganidan keyin) Turkiya bilan ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin", -deya e’lon qildi.

O‘z navbatida Saudiya qiroli ham Erdo‘g‘onga qo‘shma komissiya ishiga boshchilik qilishga rozi bo‘lgani uchun katta hurmat va minnatdorlik bildirdi. Oldin Saudiya qiroli Turkiyaga nisbatan bunchalik xushmuomalalik ko‘rsatmas edi.

Umuman oxirgi vaqtlarda AQSh sanksiyalari va lira kursi pasayib ketishidan zarar ko‘rayotgan Turkiya uchun ushbu ikki yirik mamlakatlar bilan munosabatlar iliqlashishi ayni kunlarda siyosiy va iqtisodiy jihatdan juda qo‘l kelishi mumkin.   

AQSh 

Saudiya Arabistonida bir oy ichida ikkinchi shahzoda vafot etdi

Inson huquqlari eng ko‘p tilga olinadigan Amerikada ushbu hodisa katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Demokratik partiya vakillari Saudiya Arabistoniga nisbatan o‘ta shafqatsiz sanksiyalar kiritish kerak, degan talablar bilan chiqishdi.

Xashoggi ishlagan Washington Post gazetasi odatda u yozib chiqaradigan kolonka o‘rnida: "Bu yerda yo‘qolib qolgan jurnalist Xashshogining kolonkasi bo‘lishi kerak edi", degan yozuv bilan sahifani bo‘sh qoldirdi.

Jurnalistlarning "Endi Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar qay darajada o‘zgaradi?", degan savollariga Donald Tramp haqiqiy biznesmen sifatida munosabat bildirdi. "Saudiya bizdan 110 milliard dollarga qurol sotib olish haqida shartnoma imzoladi. Ularga qarshi sanksiyalar kiritish biz uchun ahmoqlik bo‘ladi", - dedi AQSh prezidenti "60 daqiqa" ko‘rsatuvida.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Shu bilan birga AQSh maxfiy xizmatlari Saudiya voris shahzodasi, ya’ni bo‘lajak qirol Muhammad ibn Salmon, Jamol Xashoggini aldab, Saudiya Arabistoniga olib kelish yo‘llarini qidirayotgani haqida xabarlar tarqatgan edi.

Qarang-ki, Apple soati ham AQSh maxsus xizmatlari uchun juda kerakli bo‘lgan yozuvlarni tasodifan yozib oldi.

Nima bo‘lganda ham, ushbu voqea AQSh qo‘liga juda kuchli kartani tutqazdi. Bundan buyon neft, qurol-yarog‘, Yamandagi urush va boshqa masalalarda Saudiya Arabistoni AQSh yo‘lidan yura boshlasa – bunga hayron bo‘lishning keragi yo‘q.

Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, nahot bularning hammasi oddiy tasodif bo‘lsa?!

Yangiliklar lentasi
0