WP Xashoggining so‘nggi maqolasini chop etdi

© AP Photo / Jacquelyn MartinJamal Xashoggi
Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Washington Post Anqarada o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Xashoggining so‘nggi maqolasini chop etdi.

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Men yaqinda internetda e’lon qilingan hisobotga ko‘zim tushdi, deb boshlanadi maqola.

"Men yaqinda internetda Freedom House tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘zim tushdi. Unda aytilishiga ko‘ra, arab dunyosida faqatgina bir mamlakat – Tunis “ozod”, deyilgan. Iordaniya, Morokko va Quvayt – ikkinchi o‘rinda “qisman ozod”  deb e’lon qililingan. Qolgan mamlakatlar esa “ozod emas” maqomiga ega.

Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Natijada ushbu mamlakatlarda yashayotgan arablar  yo axborotsiz yo noto‘g‘ri axborot bilan yashamoqdalar. Ular o‘z kundalik hayotiga, o‘z hududlari taqdiriga doir masalalarni munosib ravishda hal qilish yoki jamoatchilik darajasida muhokama qilish imkoniga ega emaslar. Ushbu davlatlarda hukumat fikri jamoatchilik fikridan ustun qo‘yilmoqda va ushbu vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi amrimahol.

2011 yilning bahorida ko‘pgina arab mamlakatlarida vaziyat o‘zgarishiga umid paydo bo‘lgan edi. Arab mamlakatlari jurnalistlari va aholisi axborot sohasida davlat senzurasidan xoli bo‘lishiga umid paydo bo‘lgan edi, lekin tez orada bu umidlar chilparchin bo‘ldi. Vaziyat avvalgidan ham qattiqlashdi. 

Arab davlatlari hukumatlari Internetda ham qattiq nazorat o‘rnatishdi. Ko‘plab axborot manbaalarini bloklab qo‘yishdi. Ular ko‘plab jurnalistlarni hibsga olishdi.

Mening do‘stim, Saudiyali taniqli yozuvchi Solih al-Shohi, Saudiya  matbuotida chop etilgan eng mashhur maqolalardan birini bosib chiqarganidan keyin qamoqqa tushib qoldi. Afsuski. Ayni damda u besh yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. <…> 

Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz - Sputnik O‘zbekiston
Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qo‘li bor - OAV

Arab dunyosiga zamonaviy erkin matbuot kerak. Fuqarolar dunyoda nima bo‘layotganidan xabardor bo‘lishi kerak. Asosiysi – arab jurnalistlari uchun global nashrlarda joy ajratilishi kerak. Biz qashshoqlikdan, xo‘jaliksizlikdan va ta’limsizlikdan aziyat chekmoqdamiz.

Arab xalqlarining millatchi hukumatlardan xoli bo‘lgan mustaqil xalqaro forumi yordamidja oddiy arablar o‘z jamiyatlari duch kelayotgan muammolarni hal qilishi mumkin", - deb saudiyalik marhum jurnalist Jamol Xashoggi o‘zining eng so‘nggi maqolasida.

Maqola Washington Post redaktori Karen Attiyaning so‘zlari bilan boshlanadi. Attiya aytishiga qaraganda, u ushbu maqolani Jamol Xashoggining tarjimoni va yordamchisidan jurnalist g‘oyib bo‘lgan kunning ertasiga olgan. 

"Men ushbu Maqolani Jamol bilan birgalikda tahrir qilish maqsadida darhol chop etmagan edim. Endi bildimki, bu hechqachon amalga oshmaydi. Bu uning WP uchun yozilgan so‘nggi satrlaridir.

Ushbu maqola arab dunyosining ozodligi Jamol uchun qanchalik muhim ekanini aks ettiradi. Ushbu ozodlik uchun Jamol o‘z jonini berdi. U so‘nggi yil davomida Washington Postni tanlagani uchun men undan bir umrga minnatdor bo‘lib qolaman", - degan Karen Attiya.  

Eslatib o‘tamiz Jamol Xashoggi, 2-oktabr kuni Anqaradagi  Saudiya Arabistoni konsulxonasiga kirib ketganidan so‘ng yo‘qolib qolgan edi. Bir necha kundan so‘ng Turkiya OAVlari mamlakat maxsus xizmatlariga asoslanib jurnalist vakolatxona ichida o‘ldirilganini xabar qildi. Ayni damda Turkiya politsiyasi Xashoggi tanasi ko‘milgan joyni qidirmoqda. 

Bugun dunyo OAVlarida paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni poytaxtida ar-Riyodda Xashoggi o‘limida aybdor deb gumon qilinayotgan kishilardan biri vafot etgan.  

Yangiliklar lentasi
0