Bi-bi-si Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishAksiya protestov avtomobilistov "jeltie jileti" v Parije
Aksiya protestov avtomobilistov jeltie jileti v Parije  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bi-bi-si Rus xizmati nima qilib bo‘lsada Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topishga urinayotgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Bi-bi-sining Rus xizmati redaksiyasi Parijda ishlayotgan korrespondentdan “Sariq nimchalar” namoyishlarida Rossiya izini topishni talab qilgan yozishmalari internetda tarqaldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Aksiya protesta avtomobilistov v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Makron Fransiyada favqulodda holat e’lon qildi

Yozishmalardan ma’lum bo‘lishicha Bi-bi-si Parijda ishlayotgan korrespondetidan nima qilib bo‘lsada tartibsizliklarda Rossiya izini topishni talab qilgan. Korrespondent “Birorta ham rossiyalikni ko‘rmadim”, deganidan so‘ng, Bi-bi-si unga “Balkim bundan biror Rossiya biznesi manfaatdordir” deb so‘raydi? Korrespondent bunga javoban kulib qo‘yadi xolos.

Suhbat so‘nggida Bi-bi-si tomonidan gapirayotgan jurnalist “Redaksiya qon talab qilmoqda” deydi. Ya’ni Rossiyaning ayblash mumkin bo‘lgan dalil so‘aramoqda, degan ma’noda javob beradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Fransiyada bo‘layotgan voqealarni obyektiv yoritish - Bi-bi-si Rus xizmatining asl maqsadi emas... Ularning vazifasi - biroz oldin ayrim siyosatchilar tomonidan hech qanday asossiz tarqatilgan yolg‘on gapga dalil izlashdir. Aslida nima bo‘layotgani - ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.

Aksiya protestov avtomobilistov jeltie jileti v Parije  - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya vaziri Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi

Rossiya TIV har qanday mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar ushbu mamlakatning ichki ishi ekanini va Rossiya har bir mamlakat ichki siyosatini hurmat qilgan holda uning ichki ishlariga aralashmaslikni odat qilganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 17-noyabrdan beri “Sariq nimchalar” norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ommaviy namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va o‘t qo‘yish kabi jinoyatlar bilan birga bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan haftra Fransiya prezidenti Emmanuel Makron namoyish o‘z yo‘liga lekin jinoyatlarni hech narsa oqlay olmaydi degan edi. Omaviy tartibsizliklar boshlanganidan buyon Fransiyada 3 mingga yaqin kishi hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0