Shatdaun oyligi AQShga Meksika devoridan ham qimmatga tushmoqda

© REUTERS / Kevin LamarquePrezident SShA Donald Tramp i Chak Shumer v Ovalnom kabinete Belogo doma
Prezident SShA Donald Tramp i Chak Shumer v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda, 22-dekabrda boshlangan shatdaun, 1995-1996 yillar kesimida o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda federal hukumat mablag‘ yetishmasligi tufayli yigirma bir kunga yopilgan edi. Seshanbaga o‘tar kechasi yarim tunda Moskvada "shatdaun hisoblagichi" holat 30 kun va 16 soat davom etayotganini ko‘rsatdi. U tez orada yakunlanadi, deb o‘ylashga hech qanday asos yo‘q.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp va mamlakat demokratlari o‘rtasida janubiy sarhadlarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan qarama-qarshilik Amerika tarixida federal idora va muassasalarning eng uzoq yopilishiga olib keldi: yuz minglab amerikaliklar majburiy ta’tilga ketdilar, iqtisodga yetkazilgan putur esa, ekspertlarga ko‘ra, Meksika chegarasida qurilishi rejalashtirilgan "mojaro devori" narxidan ham oshib tushishi kutilmoqda.

Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
AQShda favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin - Tramp

Rekord

Ayni vaqtdagi, 22-dekabrda boshlangan shatdaun, 1995-yil yakuni va 1996-yil yanvarida o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda federal hukumat mablag‘ yetishmasligi tufayli 21 kunga yopilgan edi. Seshanbaga o‘tar kechasi yarim tunda Moskvada "shatdaun hisoblagichi" holat 30 kun va 16 soat davom etayotganini ko‘rsatdi. U tez orada yakunlanadi, deb o‘ylash uchun hech qanday asos yo‘q.

Ta’kidlanishicha, kongress muhokamani davom ettiradi va qonunchilik loyihasi bo‘yicha ovoz beradi, bu esa o‘z navbatida shu haftada hukumat faoliyatini tiklanishi imkonini beradi.

Ammo CNN xabariga ko‘ra, respublikachilar va demokratlar tomonidan taklif etilayotgan rejalar keskin farqlanib, kompromissga kelishiga umid yo‘q, shu bois hech kim shatdaun tez orada tugaydi, deya taxmin qila olmayapti.

Prezident Trampning shanba kuni kompromiss rejani taklif etishga urinishi ham buning yaqqol tasdig‘idir, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezident ikir-chikirlarni aytib ulgurmasidan, uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi

Tramp rejasiga ko‘ra, Kongress migrantlarning ayrim qatlami uchun qonuniy status maqomini uzaytirishi evaziga Meksika chegarasini qo‘riqlash va devor qurilishiga so‘ralgan 5.7 milliard dollarni ajratishi lozim.

Ammo palatada ko‘p ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan demokratlar prezident Tramp avval aytganidek chegaraning butun uzunligi bo‘yicha emas, balki favqulodda muhim qismlarida devor qurishga roziligini bildirgan bo‘lsa ham, devor qurilishini moliyalashtirishga keskin qarshilik bildirishmoqda.

Bu orada analitiklar shatdaun AQSh uchun devor narxidan ham qimmatga tushayotganidan ogohlantirishmoqda. Devor narxi va unga ehtiyoj borasida avj olgan bahslar ushbu krizisni keltirib chiqardi. S&P Global tahlilchisi Bet Enn Bovino (Beth Ann Bovino)ga ko‘ra, shatdaunning har bir haftasidan yetkazilayotgan bevosita va bilvosita zarar miqdori taxminan 1,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

O‘tgan to‘rt hafta ichida hukumat yopilishi 5 milliard dollarga tushdi, yana bir hafta qo‘shiladigan bo‘lsa, bu Tramp uchun Meksika bilan chegarada devor qurilishi uchun zarur bo‘lgan o‘sha 5,7 milliard dollardan oshib tushadi.

Iqtisodchining so‘zlariga ko‘ra, "shatdaun qanchalik uzoq davom etsa, iqtisodga shu qadar katta ziyon yetkazilmoqda". "Avvalgi shatdaunlar shuni ko‘rsatdiki, majburiy ta’til ko‘rinishida qo‘ldan chiqarilgan mehnat unumdorligining o‘rnini keyinchalik to‘ldirib bo‘lmaydi. Ya’ni, "mahsulot" yaratilmagani uchun YaIM kamayadi", - deb hisoblaydi tahlilchi.

Iqtisodchilarning ogohlantirishicha, yollanma ishchilarning bir qismiga vaqtinchalik majburiy to‘xtash uchun zarar o‘rni to‘ldirilmaydi, bu esa iste’molchilik xususiyatini kamaytiradi va bu narsa inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Hukumatning yopilishi, hatto vaqtinchalik bo‘lsa ham, kichik xususiy biznesga zarba bo‘ldi: litsenziyalar berilmayapti, kreditlarga berilgan arizalar ko‘rib chiqilmayapti, qo‘shilish yoki yutib yuborilish haqida shartnomalar legallashtirilmayapti. Bundan tashqari, Blumbergning baholashicha, federal hukumatga xizmat ko‘rsatuvchi xususiy kompaniyalar shatdaun tufayli umumiy hajmda kuniga 200 million dollardan yo‘qotishmoqda.

Karavan migrantov iz Gondurasa napravlyayetsya v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Tramp zarur bo‘lsa Meksika bilan chegarani yopishga va’da berdi

Majburiy ta’til

Joriy shatdaun amerika vazirliklari va idoralarining to‘rtdan bir qismini qamrab oldi. Xususan, davlat departamenti, ichki xavfsizlik vazirligi, adliya vazirligi va Oq uy apparatining bir qismi.

Taxminan 800 mingga yaqin davlat xizmatchilari majburiy haq to‘lanmaydigan ta’tilga yuborilgan, yoki o‘z vaqtida maoshini olmasdan xizmatni davom ettirishmoqda.

Butun dunyo AQShdagi hozirgi inqiroz qancha davom etishini va u yana qanday shakllarni olishini o‘ylab, taxmin bildirayotgan bir vaqtda, mahalliy aholi hukumat yopilishidan eng ko‘p aziyat chekkan qatlamlar uchun yordam berishni faollashtirmoqda. Ishdan mosuvo bo‘lgan xizmatchilar uchun mahsulotlar, gigiyena vositalari to‘planmoqda, mahalliy restor va xayriya xizmatlari esa bepul tushliklar tashkillashtirmoqda. E’tibor va moddiy yordamning har qanday turi talab katta, deb ta’kidladi NPR (National Public Radio) efirida iqtisodchi Jozef Stiglis, unda bor ma’lumotlarga ko‘ra, 40% amerikaliklarning omonatlari 400 dollardan ortmaydi. Doimiy daromadsiz bu kabi "xavfsizlik yostig‘i"da bir oydan ziyod hayot kechirish juda mushkul.

Yangiliklar lentasi
0