Apple rahbariyati iPhone narxi tushirilishini e’lon qildi

© AP Photo / Marcio Jose SanchezPrezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max
Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Apple kompaniyasining daromadi kamayishi so‘nggi 10-yil davomida ilk bor kuzatilgan.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Apple kompaniyasi rahbariyati ayrim mamlakatlarda, jumladan Rossiyada ham iPhone narxi tushirilishi mumkinligini e’lon qildi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayrim mamlakatlar milliy valyutalari qiymati dollarga nisbatan keskin pasayishi tufayli ushbu mamlakatda yashayotgan xaridorlar uchun Iphone qimmat bo‘lib ketgan.

“Biz iPhone narxarini bir yil oldingi darajaga qaytarishga qaror qildik. Umid qilamizki bu bizga savdo hajmini oshirishga yordam beradi”, - dedi Tim Kur Reuters agentligiga.  

Eclatib o‘tamiz, yangi iPhone XS o‘tgan yil sentabrda 999 $ narxda savdoga chiqarilgan edi. Shundan so‘ng kompaniyaning eng yirik bozorlaridan biri bo‘lgan Xitoy, Rossiya,Turkiya va Braziliya bozorlarida savdo hajmi sezilarli darajada qisqargan edi.

Kompaniya hozircha narxlar necha pul kamaytirilishi mumkinligini hamda bu qachon sodir bo‘lishini xabar qilmagan. Agar narxlar rostdan ham kamaytirilsa, Apple kompaniyasi uchun bu oxirgi 12-yil ichida ikkinchi bor narxlarni tushirish bo‘ladi.

Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Apple kompaniyasining daromadi kamayishi so‘nggi 10-yil davomida ilk bor kuzatilgan. Xususan, 2018-yil 4 choragida iPhone daromadi 15% ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0