Rog‘un stansiyasi qancha elektr energiya ishlab chiqarganligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Amir IsaevPodgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane
Podgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rog‘un GES bir yarim oy ish faoliyati davomida 100 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqardi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Tojikiston Rog‘un GESsining birinchi gidroagregati bir yarim oy ish faoliyati davomida 2018-yilga nisbatan uch baravar ko‘p elektr energiya ishlab chiqardi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar qildi.

“Tojikistonda 286 ta kichik GESlar ishlamoqda, ularning umumiy quvvati 26,7 MVt. Bu stansiyalar bilan o‘tgan yili 33 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqarilgan”, - deb ma’lum qildi Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi.

Na stroyploshadke Rogunskoy GES  - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog‘un GESini ishga tushirdi

O‘tgan yil 16-noyabrda ishga tushirilgan Rog‘un GESsi 2019-yil 1-yanvargacha 90,3 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqardi.

Energovazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Tojikistonda respublika tarixida rekord darajada elektr energiya ishlab chiqarildi: 19,7 milliard kVt.s.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni Tojikistonda Rog‘un GESining birinchi agregatining tantanali ochilishi marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirga xalqaro tashkilotlar va xorijiy diplomatik vakolatxonalari vakillari, O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Italiya delegatsiyalari, mahalliy va xorijiy OAVlar kelishdi.

Yangiliklar lentasi
0