Barnaulda odamlar samolyot trapidan qulab tushishdi – video

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olti nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ulardan to‘rt nafari Barnaul shahar 1-son shifoxonasiga yotqizilgan.

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiyaning Barnaul shahrida olti nafar yo‘lovchi aeroportda samolyot trapidan qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 07:30da Titov G.S. nomidagi Barnaul xalqaro aeroportida  yo‘lovchilarning "Uralskie avialinii" havo yo‘llari kompaniyasining “Barnaul-Moskva” reysiga minish chog‘ida sodir bo‘lgan.

Olti nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ulardan to‘rt nafari Barnaul shahar 1-son shifoxonasiga yotqizilgan.

“Iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan (Rossiya JK 238-m. 1-q.) jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda yozilishicha, yo‘lovchilar qulab trap 2018-yil oktabr oyida  tekshiruvdan o‘tkazilgan va uning nosozligi to‘g‘risida biror ma’lumot keltirilmagan.

Yangiliklar lentasi
0