Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi – video

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishKitayskie denejnie kupuri-yuani
Kitayskie denejnie kupuri-yuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan o‘rashga to‘g‘ri kelgan.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Xitoylik multimillioner Chjen Datsin hamqishloqlariga 12 million yuan atrofida pul(1,7 million dollar) tarqatdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi.

Oltmish yoshli millioner o‘tgan hafta Sichuan provinsiyasida joylashgan ona qishlog‘i Dinsitsao tashrif buyuradi. U bir necha kun davomida mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga sovg‘alar ulashdi.

Datsin 50 yoshdan oshgan kishilarga  9 million yuan naqd pul, shuningdek, 3 millionlik maishiy texnika, jumladan, konditsioner, sovutgich va televizorlar tarqatadi. Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan o‘rashga to‘g‘ri kelgan. Har bir pul dastasida 2 mingdan 6 ming yuangacha bo‘lgan.

Shuningdek, mahalliy aholining 60 yoshdan oshgan kishilariga ular jonajon o‘lkalarini yuqoridan tomosha qilishlari uchun vertolotda bepul sayohat tashkillashtirgan.

Chjen Datsin – “Xinjiang Tiandi Group” korporatsiyasining raisi. U qashshoq oila tug‘ilgan va kam haq olib, mehnat qilgan. 1985-yil Urumchi shahriga ko‘chadi va u yerda o‘z biznesiga asos soladi.

Yangiliklar lentasi
0