Moskvada pravoslav cherkovi migrantlar bolalari uchun maktab ochdi

© RSNKRSNK v Tashkente na otkritii klassov russkogo yazika v Uzbekistane
RSNK v Tashkente na otkritii klassov russkogo yazika v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bepul maktabda pedagoglar bolalarga maktabda o‘qishni boshlash hamda maktab programmasini o‘zlashtirishda ham yordam beradi.   

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Rus pravoslav cherkovi Moskvadagi avliyo Yevfrosinya cherkovi qoshida migrantlar bolalari uchun birinchi bepul maktab ochdi, deb xabar qilmoqda Moskva patriarxati matbuot xizmati.

Rossiya. Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya pravoslav cherkovi Konstantinopol bilan munosabatlarini uzdi

Ushbu o‘quv maskanida professional pedagoglar, logopedlar va ko‘ngillilar bolalarni maktabda o‘qishni boshlash uchun tayyorlaydi. Shuningdek maktab programmasini o‘zlashtirishda ham yordam beradi.   

“Biz, Moskvada mahalliy aholiga nisbatan kam himoyalangan kishilarga professional xizmat ko‘rsatamiz. Tajribali pedagoglar o‘z vazifalariga ma’suliyat bilan yondashib bolalarni maktabga tayyorlamoqda va alohida fanlardan “yetishib olishga” yordam bermoqda”, - deydi migrantlarga ijtimoiy yordam berish markazi va maktab direktori ruhoniy Dionisiy Grishkov.    

“Migrantlar, ko‘p hollarda, mahalliy aholi haqida salbiy fikrda bo‘lishadi, lekin biz haqiqiy xudoga ishonuvchi rus xalqi qanday ekanligini ko‘rsatmoqchimiz”, - deydi ruhoniy.

Cherkov qoshidagi maktabda uchta yoshga mo‘ljallangan guruhlar bor. Bugungi kunda umumiy hisobda 16 nafar bolalar tahsil olmoqda. Kelajakda bolalarini imtihonlarga tayyorlash hamda bog‘cha ochish rejasi ham bor. Ushbu kabi maktablar Moskva shahrining turli tumanlarida paydo bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0