NASA Yerga yirik asteroid yaqinlashishi haqida ogohlantirdi

© Unsplash / NASAPlaneta Zemlya iz kosmosa
Planeta Zemlya iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlikning ma’lum qilishicha, obyekt sayyoramizga 22-mart kuni maksimal darajada yaqinlashadi.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda RIA Novosti NASA ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yirik EA2 asteroidi Yerdan taxminan 305 ming kilometr masofada uchib o‘tadi. Bu masofa sayyoramiz bilan Oy o‘rtasidagi masofadan deyarli 80 ming kilometrga kamroq.

Agentlikning ma’lum qilishicha, obyekt sayyoramizga 22-mart kuni maksimal darajada yaqinlashadi.

Asteroidning harakatlanish tezligi sekundiga 5 kilometrni tashkil etadi. Uning diametri esa 18 metrdan 40 metrgacha ekanligi ma’lum qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0