AQSh O‘zbekiston paxtasini “qora ro‘yxat”dan chiqardi

© Sputnik / Denis AbramovSbor urojaya xlopka
Sbor urojaya xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtasiga 2010-yilda taqiq qo‘yilgandi.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. AQSh Mehnat departamenti shu yil 25-mart kuni O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora ro‘yxati”dan chiqardi. Bu haqda Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasi xabar qildi.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQShda qora tanli o‘quvchilar "qullar qo‘shig‘i" sadosi ostida paxta terishga majburlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston paxtasi 2010-yilda №13126 raqamli ijro buyrug‘ida qayd etilgan ro‘yxatga qo‘shilgan. Unga asosan AQSh federal agentliklari O‘zbekistonda majburiy mehnat yoki bolalar mehnatidan foydalanilgan holda yetishtirilgan, ishlab chiqilgan mollar, mahsulotlar va xom ashyolarni xarid qilishi taqiqlangan edi.

Bu masalaning ochiq muhokamasi o‘tgan yil iyul oyi yakunida boshlangandi.

AQSh idorasi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi va ILRF  Xalqaro mehnatkashlar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro forum tomonidan taqdim etilgan xulosalarini tahlil qildi. Shuningdek, Vashingtondagi O‘zbekiston diplomatik missiyasi rasmiy ma’lumotlar taqdim etdi.  

“AQSh hukumati departamentlari mavjud ma’lumotlar va yetib kelayotgan axborotlarni batafsil o‘rganib chiqib, O‘zbekistondagi paxta hosilini yetishtirishda bolalarning majburiy mehnatidan foydalanish sezilarli darajada kamayganiga va bolalar mehnati faqat ayrim holatlarda kuzatilgan, degan xulosaga keldi. Shuning uchun endi bu mahsulot EO ro‘yxatida qolishi uchun asos yo‘q”, — deyilgan AQSh Mehnat departamenti bayonotida.

Amerika idorasining O‘zbekiston paxtasini “qora ro‘yxat”dan chiqarish qarori respublika bilan hamkorlikni osonlashtirib, barcha AQSh davlat idoralariga paxtani sotib olish imkoniyatini beradi.

Yangiliklar lentasi
0