Birinchi rasmiy tashrif: Qozog‘iston prezidenti Moskvaga keldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPrilet prezidenta Kazaxstana K.-J. Tokayeva
Prilet prezidenta Kazaxstana  K.-J. Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyot trapi oldida Qozog‘iston prezidentini Rossiya TIV vakili Igor Bogdashev va respublika elchisi Imangali Tasmagambetov kutib oldi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti samolyoti Moskva shahrining Vnukovo-2 aeroportida qo‘ndi.

Samolyot trapi oldida Qozog‘iston prezidentini Rossiya TIV vakili Igor Bogdashev va respublika elchisi Imangali Tasmagambetov kutib oldi. Kutib oluvchilar orasida Rossiya elchisi Aleksey Borodavkin ham bor.

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPrilet prezidenta Kazaxstana K.-J. Tokayeva
Birinchi rasmiy tashrif: Qozog‘iston prezidenti Moskvaga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Prilet prezidenta Kazaxstana K.-J. Tokayeva

Marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi.

Vladimir Putin taklifiga asosan 3-aprel kuni Kasim-Jomart Tokayev o‘zining birinchi xorijiy tashrifini boshladi. Ikki davlat rahbari Kremlda uchrashuv o‘tkazadi.

Muzokaralarning asosiy masalasi – ittifoqchilikni va ikki davlat strategik sherikchiligini mustahkamlash bo‘ladi.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuv kun tartibida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, mintaqaviy va xalqaro masalalar o‘rin olgan.

Tashrif davomida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolash ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0