Qozog‘iston prezidenti o‘zi tasvirlangan bilbordlar o‘rnatilishini keskin tanqid qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, Tokayevga uning surati tasvirlangan 14 ta bilbord o‘rnatilgani xabar qilinadi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev uning surati tasvirlangan ko‘plab bilbordlar o‘rnatilishiga o‘z munosabatini bildirib, ularni o‘rinsiz ma’muriy jonkuyarlik deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev qo‘shnilar bilan qanday siyosat olib borish kerakligi haqida maslahat berdi

Ma’lum bo‘lishicha, prezidentga Qozog‘istonning Oq tog‘ (Aktau) shahrida uning surati tasvirlangan 14 ta bilbord o‘rnatilgani xabar qilinadi.

“Buni mutlaqo o‘rinsiz deb hisoblayman, men bu kabi targ‘ibotga muhtoj emasman. Bunaqangi ma’muriy jonkuyarlikning kimga keragi bor? ”, - degan prezident.

Shuningdek, Tokayev barcha hokimlarga bilbordlarda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev rahbarligi ostida mamlakat erishgan yutuqlar namoyish qilishini lozimligi bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Seremoniya peredachi polnomochiy prezidenta Kazaxstana K. Tokayevu - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarboyeva: Partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi

Qozog‘istonni deyarli 30-yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20-mart kuni o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Kasim-Jomart Tokayev davlat rahbari lavozimiga taiynlandi.

9 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, joriy yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Kasim-Jomart Tokayev 2019 yil 14-aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0