Burak O‘zchivitning o‘g‘liga xonadon sovg‘a qilingani rad etildi

© FacebookIzvestniy akter Burak Ozchivit vpervie stal otsom
Izvestniy akter Burak Ozchivit vpervie stal otsom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bizning Uylar Development kompaniyasi Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga xonadon sovg‘a qilinganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Bizning Uylar Development kompaniyasi reklama yuzi bo‘lgan Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga xonadon sovg‘a qilinganligi haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda kompaniya rasmiy Instagram sahifasida rasmiy xabarni e’lon qildi.

“Burak O‘zchivit sovg‘a olish uchun hech qanday talab qo‘ymagan va kompaniyamizda bunday turdagi sovg‘a berish masalalari muhokama qilinmagan”, – deyiladi rasmiy xabarda

Eslatib o‘tamiz, kecha qator turk va o‘zbek OAVlarida Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0