Rossiyada insonga o‘xshash robot yaratildi

© Hi-Tech MailV Rossii predstavili robota, poxojego na cheloveka
V Rossii predstavili robota, poxojego na cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya terminatori" nomini olgan bunday robotlar bilan odam gavjum bo‘ladigan ish joylarda qator xodimlarni almashtirish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Perm Promobot tadqiqot kompaniyasi hissiyotlarni namoyon eta oladigan yangi antropomorf robotini taqdim etdi.

Robot inson yuz ifodalarini takrorlay oladi, ko‘z, qosh, lab, boshqa mushaklarni harakatga keltiradi. Shuningdek, robot gapira oladi va hissiyotlarni ko‘rsatishi mumkin.

Uning “yuz” qismida 29 ta modul ishlatilgan bo‘lib, bu sun’iy mushaklarni istalgan holatga keltirishi mumkin.

Bunday robotlar bilan odam gavjum bo‘ladigan ish joylarda qator xodimlarni almashtirish ko‘zda tutilgan, masalan, pochta, bank va boshqa idoradalarda.

Promobot  vakillari robot tayyorlash uchun 1,5 yil vaqt ketgani va 6,5 million rubl sarflanganini ma’lum qildi. 2021-yilgacha kompaniya robot ishlab chiqarishga ikki yarim million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyada robotni “Rossiya Terminatori” deb atashmoqda. U kompaniyaning kengash raisi Aleksey Yujakov sharafiga Aleksey ismini oldi.

Promobot kompaniyasining yakuniy mahsuloti bozorga taxminan 2020-yilda chiqariladi. Robotning narxi bir million dollardan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0