Chilida samolyot qulab tushdi – video

© REUTERS / Natalie Aguayo Pilot i patero passajirov nebolshogo samoleta pogibli, upav na dom v gorode Puerto-Mont, Chili
Pilot i patero passajirov nebolshogo samoleta pogibli, upav na dom v gorode Puerto-Mont, Chili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilining Puerto-Mont shahridagi uy ustiga kichik samolyot qulab tushishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Chilining Puerto-Mont shahridagi uy ustiga kichik samolyot qulab tushishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Lopez-Doriga xabar qilmoqda.

Dastlabki xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning hammasi havo kemasi bortida bo‘lgan. Samolyot qulab tushgandan so‘ng yong‘ib kelib chiqqan. Yong‘in binoni butunlay qamrab olgan. Hozirgacha halok bo‘lganlarning aniq soni mavjud emas. Turli manbalarning yozishicha, havo kemasi bortida sakkiz nafargacha yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQShda samolyot turar joy binosi ustiga qulab tushdi – video

Bundan tashqari, 50 yoshli ayol ham jabrlangan. Samolyot qulayotgan vaqtda uning fuzelyaji ayolni turtib yuborgan. Ayol shifoxonaga yotqizilgan va hozirda uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0