AQShda yuzlab bolalarni jinsiy zo‘rlashda gumonlangan erkak qo‘lga olindi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Luizina shtatida bunday jinoyatlar uchun ayblanuvchiga umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. AQSh politsiyasi Luizana shtatida istiqomat qiluvchi kishini qo‘lga oldi. U yuzlab bolalarni jinsiy zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy politsiya mahkamasi Facebookda tegishli xabarni e’lon qildi.

Politsiya xabarida aytilishicha, Luizanada istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri uni yoshligida Fauntin zo‘rlagani haqida politsiyaga arz qilgandan so‘ng, 71 yoshli Paynvill Xarvi Joxef Fauntin 9-aprelda hibsga olindi.

Tergovchilar bu ayblovni, shuningdek boshqa bolalarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etish holatlarni tasdiqlovchi dalillarni topishdi.

Fauntin jinsiy jinoyatlarini 1970-80 yillar davomida sodir etgan. Politsiyada ta’kidlanishicha, har bir holatda bolalarning yoshi 13 dan kam bo‘lgan.

Politsiya aniq bolalar sonini ochiqlamayapti. Fauntin hisbga olingan.

Tergov ishi davom etmoqda.  

Luizina shtatida bunday jinoyatlar uchun ayblanuvchiga umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0