AQSh Rossiyaga qarshi turish uchun robotlashtirilgan kemalar flotini yaratmoqchi - NI

Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, AQSh ayni vaqtda avtomatlashtirilgan kemalar flotiliyasi va suvosti qayiqlari boshqaruv markazi sifatida xizmat qiluvchi yangi birinchi raketali fregatni ishlab chiqarish bilan band. Bunday fregatlar soni keyinchalik 20taga yetkaziladi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. AQSh harbiy-dengiz kuchlari 2024-yilga borib robotlashtirilgan kemalardan foydalanish hisobiga o‘z floti sonini sezilarli oshirmoqchi. Bularning barchasi Rossiya va Xitoy bilan kimo‘zar o‘ynash maqsadida amalga oshiriladi, deb yozgan National Interest.

Zapusk noveyshey raketi «Avangard” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya to‘rt yo‘nalishda urush boshlaydi, deya bashorat qildi Ukrainaning AQShdagi sobiq elchisi

Xususan, AQSh suv ustida suzuvchi avtomatlashtirilgan yirik kemalar va to‘qqizta yirik robotlashtirilgan submarinalar xaridi uchun 4 milliard dollar atrofida harajat qilishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, vaqt o‘tib ushbu harajatlar miqdori keskin oshishi ham mumkin.

Nashrda yozilishicha, AQSh HDK yuqori martabali amaldorlari yuzlab dengizchilar xizmat olib borayotgan yirik amerika kemalari Rossiya va Xitoy raketalari uchun zaif, deya havotirlangani uchun bunday flot yaratilishiga ehtiyoj tug‘ilgan.

Amerika armiyasi kontr-admirali Rendi Krayts nashrga bergan intervyusida yangi robotlashtirilgan kemalar "aniqlash va hujum qilish funksiyalarini bajarishi" haqida aytib o‘tgan.

Kontr-admiral so‘zlariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan kemalar qurolli kuchlar safida xizmatda bo‘lgan kemalardan narx tomondan taqqoslaganda arzon, hajm jihatdan kichik va boshqaruv tomondan mustaqil bo‘ladi. Bundan tashqari, AQSh ayni vaqtda avtomatlashtirilgan kemalar flotiliyasi va suvosti qayiqlari boshqaruv markazi sifatida xizmat qiluvchi yangi birinchi raketali fregatni ishlab chiqarish bilan band. Bunday fregatlar soni keyinchalik 20taga yetkaziladi. 2020-yil harbiy budjeti doirasida birinchi fregat uchun 1,3 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0