Dunyoning eng nufuzli kishilari kimlar?

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMoxammed Salax
Moxammed Salax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Time jurnali nufuzli yuztalikka Venesuela muxolifati yetakchisi, o‘zini noqonuniy tarzda prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaidoni ham kiritgan.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Amerikaning Time nashri yillik dunyoning eng nufuzli kishilari reytingini e’lon qildi.

Jurnal bu yil eng nufuzli kishilar yuztaligini “Titanlar”, “Novatorlar”, "San’at arboblari”, “Yetakchilar” va “Kumirlar” toifalariga ajratgan.

Joriy yilda “Yetakchilar” (siyosatchilar va jamoat arboblarini) toifasiga AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Rim papasi Fransisk, AQShning “Rossiya ishi” bo‘yicha maxsus prokurori Robert Muller va bir qator boshqa siyosatchilar kiritilgan.

Jurnal nufuzli yuztalikka Venesuela muxolifati yetakchisi, o‘zini noqonuniy tarzda  prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaidoni ham kiritgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ro‘yxatga ikkinchi yil kiritilmagan. U 2018-yilgacha ushbu jurnalning eng nufuzli kishilar qatoridan ko‘p marotaba o‘rin olib kelgan. 

Boshqa toifalardan misrlik futbolchi Muhammad Saloh, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, aktor Rami Malek, aktrisa Emiliya Klark, qo‘shiqchilar Ariana Grande va Teylor Svift, AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama va bir qator boshqa mashhurlar o‘rin olgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Mohamed Salah (@mosalah)

Time “Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi” reytingini ilk bor 1999-yilda e’lon qilgan. 
Yangiliklar lentasi
0