Alisher Usmonov Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingida yuqoriladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmanov
Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili Alisher Usmonov 12,5 milliard dollar boylik bilan Forbes reytingining 10-pog‘onasidan o‘rin olgan edi.

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Forbes Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingini e’lon qildi.

Taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Forbes yangi talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingida 9-o‘rinni egalladi. Uning boyligi 12,6 milliard dollarga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Alisher Usmonov 12,5 milliard dollar boylik bilan ushbu reytingning 10-pog‘onasidan o‘rin olgan edi.

Forbes yangi reytingiga “Sibur” va “Novatek’ning eng yirik aksiyadori Leonid Mixelson yetakchilik qilgan. Uning boyligi 24 milliard dollarga baholangan.

Biznesmen, osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov 2018-yilda qancha daromad olgan?

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin 21,3 mlrd dollar o‘rin olgan. Boyligi 20,7 milliard dollarga teng bo‘lgan “LUKOYL” neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov uchinchi pog‘onani egallagan.

Ilk o‘nlikka “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov (20,5 milliard dollar), “Novatek” va “Sibur” direktorlar kengashi a’zosi Gennadiy Timchenko (20,1 milliard dollar), “Interros” xoldingi prezidenti Vladimir Potanin (18,1 mlrd dollar), LetterOne Holdings va “Alfa-Grupp” egalaridan biri Mixail Fridman (15 milliard dollar), SUEK va “Yevroxim” egasi Andrey Melnichenko (13,8 milliard dollar), Roman Abramovich (12,4 milliard dollar) kiritilgan.

Avvalroq, Forbes e’lon qilgan 2018-yilda eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida Alisher Usmonov 5-o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edik. Alisher Usmonov 2018-yilda 1,1 milliard dollar daromadga ega bo‘lgan. Ushbu summa “Metalloinvest”dan olingan dividendlar va Londonning “Arsenal” futbol klubidagi ulushning sotilishi natijasida hosil bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0