Yaqinda Toshkentga kelgan xonanda Dimashning yangi klipi namoyish qilinadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishOtkritie XXVII "Slavanskogo bazara" v Vitebske
Otkritie XXVII Slavanskogo bazara v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen “Charchagan oqqushlar muhabbati” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdimotini e’lon qildi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Mashhur qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen “Charchagan oqqushlar muhabbati” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdimotini e’lon qildi.

Dimashning muxlislari klipni bugun, 18-aprel, Rossiyaning MUZ TV telekanalida, Moskva vaqti bilan 19-00 da ko‘rishi mumkin.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Dimash QҰDAYBERGEN (@kudaibergenov.dimash)

 

Xonanda yozgan post bir soat o‘tdi, shu vaqtda mingdan ortiq muxlislar yangi klipni intizorlik bilan kutayotgani haqida izoh qoldirishdi.

“Charchagan oqqushlar muhabbati” qo‘shig‘i

Qo‘shiq muallifi rossiyalik milliarder va shoir Mixail Gutseriyev, qo‘shiqqa musiqani kompozitor Igor Krutoy yozdi. Klip rejisseri ukrainalik klipmeyker, produser Alan Badoyev.

Videorolik Ispaniya va Ukrainada tasvirga olindi. Klipni tasvirga olish uchun 70 dan ortiq kishi jalb qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda xonanda Dimash O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandi.

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida Dimash SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etgandi.

“Dimash Kudaybergen – Qozog‘istonning dovrug‘ini dunyoda doston qilayotgan yulduz. Turli davlatlardagi muxlislari uning konsertlarida bo‘lish va noyob ovozini eshitishni istaydi. Kecha Dimash Toshkentda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi”, - deb yozgan prezident Tokayev o‘zining Instagram sahifasida.  

Yangiliklar lentasi
0