“Razbor xohlaysanmi?” – ikki deputatning janjali videoga olindi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkek shahar keneshining ikki deputati xo‘jalik uy-joy kommunal masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida katta janjal ko‘tarishdi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Bishkek shahar keneshining ikki deputati xo‘jalik uy-joy kommunal masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida janjallashishdi.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, janjal deputat Kanatbek Muzuraliyev va komissiya rahbari Jumabek Salimbekov o‘rtasida yuzaga kelgan.

Deputat Muzuraliyevni Salimbekov yordamchisi Pavel Desatnikovning deputatlar bilan bir qatorda o‘tirishi jahlini chiqargan. Ilgariroq Desatnikov ikki fuqarolikda ayblanib, deputatlik mandatini topshirishga majbur bo‘lgandi. Poytaxt deputati Desatnikov shahar keneshi apparati xodimlari o‘tiradigan joyga borib o‘tirishini talab qildi.

“U hamkasbimiz edi, hurmat qilaman, lekin nega u boshqa joyda emas, biz bilan birga bir stol atrofida o‘tiribdi? Nega komissiya rahbari buni nazorat qilmaydi? Uning deputatlar bir qatorda o‘tirishga haqqi yo‘q”, - deya e’tiroz bildirdi Muzuraliyev.

Salimbekov undan “janjal uyushtirishni xohlayapsanmi” deb so‘raydi va Desatnikovni deputatlar bilan bir stol atrofiga o‘tqazishga qaror qilib, unga savol berish huquqini berganini aytadi. Muzuraliyevni bu javob qoniqtirmaydi. U deputat yordamchisi boshqa joyda o‘tirishi kerakligi va savol berishga hech qanday haq-huquqi yo‘qligini yana bir bor takrorlaydi.

Salimbekov mikrofonni o‘chirib, hamkasbini “bas qilishga” va “yana boshlamaslikka” chaqiradi.

Shundan so‘ng ular baland ovozda suhbatni davom ettirishadi. Salimbekov Muzuraliyevni bu kabi masalalarni hammani huzurida emas, balki tanaffus paytida hal qilish kerakligini aytadi.

Boshqa deputatlar janjal qilayotgan deputatlarni tinchlantirishga urinishadi. Salimbekov hamkasblariga “mavzuga oid” gapirishni taklif qiladi. G‘azab otidan tushmagan Muzuraliyev unga o‘zining yordamchilariga “aql o‘rgatishni” maslahat beradi.

Yangiliklar lentasi
0