Afg‘on-tojik chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin jangari to‘plangan – Rossiya TIV

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki
Boyeviki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda jangarilari rus tilida so‘zlashuvchi 8 ta jamloq mavjud bo‘lib, ular Markaziy Osiyoga xavf solmoqda.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida vaziyat tashvishga solmoqda, bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov ma’lum qildi.

Sponsor IG*, perechislivshiy 50 mln rubley terroristam, zaderjan v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada “Islom davlati” terrorchilarining yirik homiysi qo‘lga olindi – video

“Hozirgi vaqtda afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat yetarli darajada tashvishli, chunki u yerda chegarani kesib o‘tishga tayyor bo‘lgan 10 mingga yaqin jangarilar to‘plangan”, - dedi u terrorizmga qarshi anjumanda.

Siromolotovning so‘zlariga qaraganda, “Tolibon” harakati yetakchilari barcha afg‘onlarni “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi bilan kurash olib borishga chorlashdi.

Rossiya TIV rahbari muovinining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda jangarilari rus tilida so‘zlashuvchi 8 ta jamloq mavjud bo‘lib, ular Markaziy Osiyoga xavf solmoqda. Ularda MDH va Rossiya fuqarolari mavjud.

Shuningdek, Afg‘onistonda terrorizm va narkobiznes aloqalarini mustahkamlanishi ham juda katta tahdidni keltirib chiqardi. Chunki terrorchi uyushmalar narkotiklar yetishtirish va undan olinadigan daromadni to‘liq nazorat qiladi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0