Tayvan Osiyoda birinchi bo‘lib bir jinsli nikohlarga ruxsat berdi

© Sputnik / Anatoliy Medved / Mediabankka o‘tishMiting LGBT-soobshestva
Miting LGBT-soobshestva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orol hukumati bu ta’qiqni nikoh faqatgina erkak va ayol o‘rtasida tuzilishi mumkinligi ko‘rsatilgan qonun bilan izohlashgan. Tayvanning 1,1 ming aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov esa fuqarolarning yarmidan ko‘pi (so‘rovda qatnashganlarning 46,3%i) bir jinsli nikohni yoqlashlarini ko‘rsatgan.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Tayvan pralamenti ikkinchi o‘qishda bir jinsli nikohlarga ruxsat beruvchi qonunchilik loyihasini ma’qulladi. Agar hujjat uchinchi o‘qishda ham ma’qullansa, Tayvan Osiyoda birinchi bo‘lib bir jinsli nikohlarga ruxsat berilgan regionga aylanadi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Miting LGBT-soobshestva - Sputnik O‘zbekiston
"Geylarga erkinlik yo‘q" - O‘zbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven parlamentning ushbu qarorini haqiqiy tenglik sari katta qadam, deya baholagan.

"Biz haqiqiy tenglik sari katta qadamni tashladik va Tayvanni yanada yaxshiroq bo‘lishiga erishdik", - deb yozgan Say Inven o‘zining Twitter dagi sahifasida.

REGNUM axborot agentligi xabarida aytilishicha, mamlakat qonunchilik organida ushbu hujjat muhokama qilinayotgan vaqtda, kuchli yog‘ingarchilikka qaramay, parlament binosi oldida mingga yaqin LGBT-faollari to‘plangan.

 

Bir jinsli nikohlarni qonuniylashtirish masalasi 2013-yilda ko‘tarilgan. O‘shanda tayvanlik huquq himoyachilaridan biri bo‘lgan erkakka jinsdoshi bilan nikohni qayd etish ta’qiqlangan, deb yozadi nashr.

Orol hukumati bu ta’qiqni nikoh faqatgina erkak va ayol o‘rtasida tuzilishi mumkinligi ko‘rsatilgan qonun bilan izohlashgan. Tayvanning 1,1 ming aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov esa fuqarolarning yarmidan ko‘pi (so‘rovda qatnashganlarning 46,3%i) bir jinsli nikohni yoqlashlarini ko‘rsatgan.

 

2017 yilning may oyida Tayvanning Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarga bir jinsli nikohni qayd etishga ruxsat bergan. Bunga qadar bir jinsdagi fuqarolarga oila qurishni ta’qiqlagan qonun esa konstitutsiyaviy emas, deb tan olingan. O‘shanda sud mamlakat qonunchilik organiga Konstitutsiyaga mos kelmaydigan Tayvan Fuqarolik kodeksini tuzatishga, yoki yangisini yozishga ikki yil muddat bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0