Eron AQShning razvedka qiluvchi qurilmasini urib tushirganini ma’lum qildi

© U.S. Air Force / Bobbi ZapkaAmerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk
Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dron mamlakatning havo chegaralarini kesib o‘tgandan so‘ng urib tushirilgan.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Eron Inqilobiy gvardiyasi AQShning radvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk uchuvchisiz uchish qurilmasini (dron) urib tushirganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Press TV telekanaliga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda bildirilishicha, qurilma Hormozgon viloyatining Qo‘hi muborak tumanida havo chegaralarini kesib o‘tgandan so‘ng urib tushirilgan.

Eron qo‘shni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

O‘z navbatida, AQSh tomoni bugun Eron havo hududida Amerikaning uchuvchisiz uchish qurilmasi bo‘lmaganini ma’lum qildi.

AQSh va Eron munosabatlari

So‘nggi paytlarda Vashington va Tehron munosabatlari keskinlashdi.

Vashington Eron iqtisodiyotining asosiy sohalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Eron Inqilobiy gvardiyasini esa terrorchilik tashkiloti deb e’lon qildi.

Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Amerika Eronni tiz cho‘ktirishga urinmoqda – siyosatchi

Bunga javoban esa Tehron AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligini (CENTCOM) terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritib, AQShni esa terrorchilikka homiy davlat deya tan oldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush bo‘lmasligiga umid bildirishini ma’lum qildi. Eron oliy yetakchisi Ali Xumayniy Eron AQSh bilan urush olib bormasligini aytgan edi. Biroq u Tehron Vashingtonga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0