Eron juda katta xato qildi – Tramp

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Eron islom inqilobi korpusi soqchilari AQShga tegishli razvedka uchuvchisiz uchish qurilmani urib tushirganini ma’lum qilgandi.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy kuchlariga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmaning urib tushirilganiga munosabat bildirdi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp uchrashuvini kim buzishga urinayapti?

“Eron juda katta xato qildi”, - deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Kuni kecha Eron islom inqilobi korpusi soqchilari AQShga tegishli razvedka uchuvchisiz uchish qurilmani urib tushirganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq AQSh bu ma’lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tushirilgan qurilmaning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.

Eron AQShga tegishli bo‘lgan bu razvedka droni mamlakatning Ho‘rmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib o‘tgani bois urib tushirilganini ma’lum qildi. AQSh tomon esa dron xalqaro havo hududida bo‘lganini aytmoqda.

Yangiliklar lentasi
0