BMT maxsus ma’ruzachisi Xashoggi dokladi bo‘yicha Ar-Riyod bilan sudlashishga tayyor

© AP Photo / Jacquelyn MartinJamal Xashoggi
Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arab OAVlari taxminiga ko‘ra, Saudiya hukumati harakatlarini tanqid qilib kelgan Xashoggini o‘ldirishni merosxo‘r shahzoda Muhammad bin Salmon buyurgan bo‘lishi mumkin. Ammo Qirollik TIV merosxo‘r shahzodaning ushbu jinoyatga hech qanday aloqasi yo‘q, deya qat’iy turmoqda

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. BMTning suddan tashqaridagi qatllar masalalarida inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Anyes Kalamar o‘zining inson huquqlari poymol etilishi yuzasidan, jurnalist Jamol Xashoggining qotilligi bilan bog‘liq bo‘lgan bayonotidan so‘ng, Saudiya Arabistoni bilan sudlashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchilar "bulg‘angan haqiqat" uchun jurnalistlardan qanday o‘ch oladi?

"Hech ikkilanmasdan, ular meni nima uchun qoralashlarini eshitmoqchiman", - deb aytgan Kalamar RIA Novostiga bergan intervyusida.

Kalamar o‘tgan haftada e’lon qilgan bayonotda, jurnalist qotilligi uchun bor aybni Saudiya Arabistoni yuqori martabali shaxslariga, shu jumladan, merosxo‘r shahzodaga qo‘ygani aytgan va bu uchun o‘z hayoti xatardaligidan xavfsiramasligini ma’lum qilgan. Ayolning aytishicha, u allaqachon Ar-Riyoddan verbal tahdidni eshitgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ar-Riyod tuhbat uchun maxsus ma’ruzachiga nisbatan yuridik ta’qib boshlashga va’da qilmoqda.

AQSh Senati Saudiya shahzodasini jazolashni talab qilmoqda >>>

Eslatib o‘tamiz, Washington Post sharhlovchisi bo‘lib ishlagan Xashoggi 2017-yildan buyon AQShda yashagan va 2018-yilning 2-oktabrida, Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligiga kirgach, Turkiyada izsiz yo‘qolgan. Saudiya Arabistoni davlat OAVlari 20-oktabrga o‘tar kechasi mamlakat bosh prokurorining Xashoggi o‘lganligi, uning o‘limiga konsullik vakillari bilan kelishmovchiligi sabab bo‘lgani haqidagi xabarini tarqatishgan edi.

Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda

Istanbul prokuraturasi Xashoggi qotilligi qasddan sodir etilgani, jurnalist tanasi avval bo‘laklanib, so‘ng yo‘q qilingani, bunga qadar esa u bosh konsullik binosida bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida bayonot bilan chiqqan. Turkiya Saudiya Arabistoniga aybdorlarni topshirishni, shuningdek, Xashoggi tanasi yashiringan manzilni aytish talabini qo‘ymoqda.

Saudiya Arabistoni o‘z shaxsiy surishtiruvini o‘tkazayotgani haqida bir necha marta ma’lum qilgan va bu ish yuzasidan xalqaro surishtiruv o‘tkazilishini, bu surishtiruvga boshqa davlatlarning jalb etilishini rad etib kelmoqda.

Saudiya Arabistoni ilgariroq jurnalistni konsullik binosi ichida mojaro vaqtida konsullik xodimlari o‘ldirishganini tan olgan edi. Surishtiruv munosabati bilan hukumat 11 kishini hibsga olgan, prokuratura ularning besh nafariga o‘lim jazosini so‘ragan. Saudiya Arabistoni ushbu jinoyatda gumonlanayotganlarni surishtiruv o‘tkazish uchun Turkiyaga topshirishdan bosh tortgan.

Arab OAVlari taxminiga ko‘ra, saudiya hukumati harakatlarini tanqid qilib kelgan Xashoggini o‘ldirish buyrug‘i qirollik taxtiga da’vogar - merosxo‘r shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin. Ammo Qirollik Tashqi ishlar vazirligi bir necha marotaba merosxo‘r shahzodaning ushbu jinoyatga hech qanday aloqasi yo‘q, degan bayonot bilan chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0