Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSh razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi

© Sputnik / SputnikRossiyskie istrebiteli Su-27
Rossiyskie istrebiteli Su-27 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Su-27 qiruvchisi AQShning razvedka samolyotini Qrim qirg‘og‘i yaqinida to‘xtatib qoldi.

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Qora dengiz suvi ustida Rossiya chegarasiga yaqinlashgan Amerikaning R-8A "Poseydon" samolyotini to‘xtatib qoldi.

Demonstratsionnie poleti universalnoy aviagruzovoy platformi SKYF na aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada razvedka samolyot va dronlar uchun ko‘rinmas radar yaratildi

Bunday avval Qrimdan 75 km masofada “Poseydon” samolyoti to‘xtatilishi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Rossiyalik harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, Qora dengiz suvlari ustida havo nishon paydo bo‘ldi.

To‘xtatish uchun Su-27 qiruvchi osmonga ko‘tarildi. Rossiya qiruvchisi xavfsiz masofada havo obyektga yaqinlashdi va uni Amerikaning P-8A Poseidon razvedka samolyoti ekanligini aniqladi. AQSh samolyoti darhol davlat chegaradan parvoz yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Su-27 parvozi xalqaro havo hududidan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.

Mart oyida Rossiya chegarasi yaqinida yadroviy strategik bombardimonchi Boeing B-52H parvoz qilish holati ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0