Tumshuq yopildi: Shveysariyada xo‘rozga kechasi qichqirish taqiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPetux porodi Legorn
Petux porodi Legorn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shveysariyaning Surix aholisi juda baland ovozda qichqiradi xo‘rozni sudga berishdi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Shveysariyaning Surix kantoni aholisi uyi yaqinida avtoulov turar joyda tovuqxona ochgan kishini sudga berishdi. Bu haqda RIA Novosti Neue Zurcher Zeitung asosan xabar qildi.

Dokukarekalsya: vo Fransii sudat petuxa za slishkom rannie kriki – video - Sputnik O‘zbekiston
Ovozingni o‘chir: Fransiyada xo‘roz sud qilinmoqda

Da’vogarning arizasida yozilishicha, xo‘roz tez-tez va juda baland ovozda qichqiradi. Bunga dalil sifatida erkak xo‘roz qichqirig‘ini sanab chiqdi. Xo‘roz bir soat davomida 14 dan 44-martagacha qichqirgan ekan. Tovushining balandligi 15 metr atrofida 84 detsibelni tashkil qildi.

Sud bu o‘lchovlarni shubha ostiga oldi, chunki ular smartfon yordamida hisoblangan.

Sud xo‘roz egasiga ish kunlari kechqurun soat 10 dan ertalab soat 8 gacha, dam olish kunlari esa kechqurun soat 10 dan ertalab soat 9 gacha xo‘rozning “sukut saqlashi”ni ta’minlashi haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, xo‘rozga tovuqxonani tark etish man etildi.

Armanskiy fermer rasskazal o xaraktere simvola 2017 goda – petuxa - Sputnik O‘zbekiston
Fransiyada erta tong qichqirib, odamlarni uyg‘otadigan xo‘roz sud qilinmoqda

Shunga o‘xshash sud ishi Fransiyada ko‘rib chiqilmoqda. U yerda erta tongda qichqirib, qo‘shnilarni uyg‘otayotgan xo‘roz sud qilinmoqda.

Sud ishi Sharanta departamentida ko‘rib chiqilmoqda. Moris laqabli xo‘roz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qo‘shni shikoyat qildi.

Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishmoqda. Bu pulni ular halok bo‘lgan dengizchilarga yordam berish uchun o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Biron va Fesso o‘rtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017-yil bahor mavsumida xo‘roz shovqiniga chek qo‘yish maqsadida arz qilishgan. O‘sha vaqtda xo‘roz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qo‘llab-quvvatladi.  

Sud ishi bo‘yicha 5-sentabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0