WhatsApp ostida yashirinadigan virus aniqlandi: 25 million telefon zaharlandi

Obuna bo‘lish
Zararli dastur reklama e’lonlarini ko‘p marta va esdan chiqmaydigan darajada namoyish qilishni boshlaydi.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Isroil Check Point kompaniyasi WhatsApp ostida yashirinadigan virusni aniqladi.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Telegram'da yozishmalarni o‘qiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Bu virus bilan 25 million dona smartfon zaharlandi.

“Agent Smit” nomlanishda bo‘lgan virus odam ilovalar do‘konida fotoredaktor yoki o‘yin yuklaganda bu virus sezilmagan holda smartfonga yuklanadi.

Yuklanish vaqtida zararli dastur ko‘rinmagan holda smartfonga o‘rnatiladi va ommabop bo‘lgan WhatsApp ostida yashirinadi. Foydalanuvchilar virus dastur ommabop ilovaning belgisini olganini ko‘rishmaydi.

Smartfon zaharlangandan keyin reklama e’lonlarni ko‘p marta va esdan chiqmaydigan darajada namoyish qilishni boshlaydi.

Biroq mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xakerlar bu virusdan telefon so‘zlashuvlarini eshitish yoki ma’lumotlarni o‘g‘rilash uchun foydalanishi mumkin.

Kompaniya hisobiga ko‘ra, bu dasturdan eng ko‘p Hindistondagi foydalanuvchilar ziyon ko‘rdi – bu yerda 15 million holat qayd etildi. AQShda 300 ming, Buyuk Britaniyada 137 ming holat aniqlandi.

Bundan avval Kaspersky Lab kompaniyasi FinSpy josus dasturining yangi versiyasini aniqlagani haqida Sputnik xabar qilgandi.

Bu dastur mobil telefonda deyarli barcha foydalanuvchilar harakatlari, xususan himoyalangan messendjerlardagi oddiy va maxfiy chatlarda yozishmalarni kuzatishi mumkin.

FinSpy ko‘pincha josuslik maqsadlarda foydalaniladi. Bu dastur smartfon yoki planshetda foydalanuvchi haqida, jumladan uning aloqalari, SMS xabarlari, GPS joylashuvi, foto-suratlar, saqlangan fayllar, tovushli xabarlar singari turli ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0