Atambayev xususiy samolyotda Moskvaga uchmoqchi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq Qirg‘iziston prezidenti 24-iyul kuni Rossiya aviabazasidan Moskvaga xususiy samolyotda uchmoqchi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Sobiq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 24-iyul kuni Rossiya aviabazasidan Moskvaga xususiy samolyotda uchmoqchi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Atambayev Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyidan Rossiyaning “Kant” aviabazasi tomon yo‘lga chiqdi.

© Sputnik / Nuris AlimbayevKortej bivshego prezidenta KR Almazbeka Atambayeva
Atambayev xususiy samolyotda Moskvaga uchmoqchi - Sputnik O‘zbekiston
Kortej bivshego prezidenta KR Almazbeka Atambayeva

“Men 24 sanada uchmoqchiman. U yerda bir necha kun bo‘laman va albatta qaytaman”, - dedi Atambayev.

© Sputnik / Nuris AlimbayevBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev
Atambayev xususiy samolyotda Moskvaga uchmoqchi - Sputnik O‘zbekiston
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev

Uning so‘zlariga ko‘ra, reys mahalliy vaqt soat 12:30 da rejalashtirilgan.

Atambayev Rossiya poytaxtida aynan kim bilan uchrashishini ma’lum qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilindi. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga asosan Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Qo‘y-Tosh va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

27 iyun kuni mamlakat parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

Atambayev uyida uning tarafdorlari “xalq shtabini” tuzishgan.

Yangiliklar lentasi
0