Tanklar to‘qnashuvi: Tojikiston jamoasi bellashuvdan chetlashtirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish"Tankoviy biatlon - 2019". Individualnaya gonka
Tankoviy biatlon - 2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tank biatloni” bellashuvining yarim final bosqichida Tojikiston jamoasi kutilmaganda diskvalifikatsiya qilindi.

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. “Tank biatloni” bellashuvida Tojikiston jamoasi 8-chi o‘rinni egalladi. Hay’at qaroriga asosan tojikistonlik tankchilari jamoasi birinchi yarim final bosqichida diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Sputnik Tojikiston'ga Armiya o‘yinlari jamoa vakili Maxmadali Ashurov ma’lum qildi.

Tankoviy biatlon -2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni”da eng yaxshi natija bilan yarim finalga chiqdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston jamoasiga keyingi o‘yinlarda ishtirok etish taqiqlanmadi. Biroq bu haqda qaror mamlakat rahbariyati qabul qiladi.

“Armiya o‘yinlari har yili o‘tkaziladi. Jamoaning ishtirok etishi mamlakat rahbariyati qaroriga bog‘liq. “Tank biatloni” o‘yinida Uganda va Tojikiston jamoalari tanklari to‘qnashuv yuz bergani uchun jamoa diskvalifikatsiya qilindi. Shunga qaramay, Rossiya bizga kelgusi o‘yinlarda ishtirok etishni taqiqlamadi”, - dedi Ashurov.

Ashurovning so‘zlariga ko‘ra, tojikistonlik tankchilar raqib tankini ko‘rmay qolgani uchun to‘qnashuv yuz berdi. O‘yin qoidalariga ko‘ra, tanklar to‘qnashib ketsa, jamoa diskvalifikatsiya qilinadi.

Tojikiston jamoasi yarim finalda oxirgi 8 - chi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tankchilari Sudan, Zimbavbe va Angola jamoalarini ortda qoldirib, eng yaxshi natija bilan yarim finalga yo‘l olgandi.

Yangiliklar lentasi
0