Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey FilippovSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayev vaqtincha saqlash hibsxonasida ikki o‘rinli kamerada saqlanmoqda.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Almazbek Atambayevning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarini o‘rgandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Zamestitel ministra vnutrennix del Kursan Asanov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev ikki o‘rinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday e’tiroz bildirmadi. Tibbiy ko‘rik (bir kunda uch marta qon bosimi o‘lchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam ko‘rsatilmoqda.

Atambayev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam so‘radi: kechasi chiroqni o‘chirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Bundan tashqari, Atambayevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bog‘liq ishlar.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0