Atambayevning rafiqasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovSupruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa Atambayeva
Supruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Raisa Atambayevaning so‘zlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga ta’qib ostiga olingan.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayevaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Raisa Atambayevning so‘zlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga ta’qib ostiga olingan. Atambayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Seyitbek vahshiylarcha kaltaklangan va uni har kuni so‘roqqa chaqirishadi.

Uning ma’lum qilishicha, “Ala-Archa” davlat qarorgohidagi uy-joy ham muhrlangan. Bundan tashqari, 2002-yilda ochilgan oila hisobi hibsga olingan. Atambayeva hozirda ular yashab turgan yagona uyni hukumat olib qo‘yishidan tashvishlanmoqda.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

“Hozirgina menga nisbatan Arabayev ishi bo‘yicha jinoiy ish ochishayotganini bildim. Men hech qachon sudyalar ishiga aralashmaganman. Siyosat nopok ish ekanini bilardim va hech qachon unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hattoki qaysi sud qayerda joylashganini va hech bir sudyani bilmayman”, - degan Raisa Atambayeva.

Qirg‘iziston prezidenti apparatining sud islohoti va qonuniyligi bo‘limining sobiq rahbari Manas Arabayev joriy yilning yoz oyida qo‘lga olingan. U korrupsiyada ayblanmoqda.

Bugun Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bishkek shahar sudi qarorni o‘zgartirishsiz qoldirdi va Almazbek Atambayev 26-avgustga qadar tergov hibsxonasida qoladi.

Yangiliklar lentasi
0